Ulug‘bek Haqberdiev va Doston Turdiev 28 mart kuni ringga chiqishadi

  • 15.03.2019 15:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar Doston Turdiev va Ulug‘bek Haqberdiev o‘zlarining navbatdagi janglarini 28 mart kuni o‘tkazishadi.

Doston o‘sha kuni Xitoyda ringga chiqishi kutilmoqda, biroq hozircha raqib kimligi oshkor qilinganicha yo‘q. Bu bokschi shu vaqtga qadar 7 marta ringga chiqib, ularning barchasida zafar quchgan. Shulardan 4 tasini nokaut bilan yakunlagan.

Ulug‘bek Haqberdiev esa bo‘lajak jangini Qozog‘istonda o‘tkazadi. Uning raqibi ham noma’lum bo‘lib turibdi. Bu bokschi 5 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. 3 tasi nokaut.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!