Ulug‘bek Rashitov ota-onasiga murojaat qildi

  • 9 avgust, 2024, 01:14
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Parij-2024" Olimpiadasi davom etadi. 

Tecno

Ulug‘bek Rashitov Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibligiga erishgan birinchi o‘zbek taekvondochisi sifatida o‘z nomini muhrlab qo‘ymoqda. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

Oltin medal qo‘lga kiritgan sportchimiz jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

"Hammaga assalomu alaykum. Men juda baxtliman va bu yurtda tug‘ilganimdan g‘ururlanaman. Yaratib berilgan barcha sharoitlar uchun prezidentimizga rahmat aytmoqchiman. Yurtdoshlarimizning qo‘llab-quvvatlashayotganini maksimal his qildim. Men sizlarni juda yaxshi ko‘raman. Oyi, dada, sizlar men uchun hamma narsasiz. Men sizlarni o‘zimning har soniyamda his qilib turibman. Sizlarni juda yaxshi ko‘raman. Tez orada uyga boraman" . 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ХОЛМУРОДОВ АМИР
09/08/2024 07:53
Рахмат Улугбек 2 марта олимпиадада голиб булиш хар кимга хам насиб килмайди. Браво
&
Усмонбек
09/08/2024 01:25
Ота онанга рахмат баракалла юртимизда спортга сиесат даражасида этибор имкон яратиб берган жаноб президентимга ва бошка рахбарларга рахмат