Ulug‘bek Rashitovning murabbiyi O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi!

  • 4 iyul, 2023, 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari lavozimiga o‘z ishining ustasi, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, jahon chempionati sovrindori Ulug‘bek Rashitovning murabbiyi, shuningdek, ko‘plab jahon va Osiyo chempionati g‘olib-sovrindorlarini tayyorlab kelayotgan tajribali mutaxassis Pavel Xan tayinlandi. Bu hg‘aqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

"Xan endilikda Assotsiatsiyaning sport yo‘nalishida faoliyat yuritadi va barcha yoshdagi terma jamoalarimizning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki hamda yurtimizda taekvondoni rivojlantirishda mas’ul hisoblanadi.

Biz ularga ushbu mas’uliyatli lavozimda kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz", - deyiladi assotsiatsiya xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!