Umar Nurmagomedov: “Agar g‘alaba qozonsam, Merab Dvalishvili bilan jang qilaman"
Rossiyalik MMA ustasi Umar Nurmagomedov amaldagi UFC chempioni Meraab Dvalishvili bilan ehtimoliy revansh haqida gapirdi.
“Merabga "vyzov" tashlamayman. Bu juda zerikarli. Menga faqat kamar kerak. Men asosiy da’vogarlar qatoridaman. Agar Mario ustidan g‘alaba qozonsamgina, Dvalishvili bilan jang qilaman”, — dedi rossiyalik matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov 25 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida Mario Bautistaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.



Fikrlar