Umar Nurmagomedov: “Mario Bautista bilan bir kun, albatta, to‘qnash kelishimni bilardim"
Rossiyalik MMA jangchisi Umar Nurmagomedov bo‘lajak raqibi amerikalik Mario Bautistaga qarshi jang haqida gapirdi.
“Menimcha, Mario juda yaxshi jangchi. U UFC da sakkizta g‘alaba seriyasiga ega! Uning natijalarini ko‘rganimda, bir kuni, albatta, u bilan to‘qnash kelamiz, deb o‘lagandim”, — dedi rossiyalik "MMA Junkie" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Umar va Bautista qarama-qarshiligi 25 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 321" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar