
Umarali Rahmonaliev: "O‘zbekistonda tug‘ilganimdan faxrlanaman"
Yurtimizda o‘tkazilgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi. Finalda vatandoshlarimiz Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub qildi. Yagona gol muallifi - Umarali Rahmonaliev. Hujumchi 72-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.
O‘yindan keyin Umarali o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor, hammaga assalomu alaykum. Bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga va ota-onalarimizga bizni shunday voyaga etkazib, tarbiyalagani uchun alohida rahmat aytaman. Hammasi Xudodan. Muxlislar uchun borimizni berdik. O‘zbekistonda tug‘ilganimdan va o‘zbek bo‘lganimdan faxrlanaman.
Penalti tepayotganimda faqat gol urish haqida o‘yladim. Gol urishim shart edi. Sababi, shuncha odam buni kutib turgandi".
Fikrlar