Umid Ahmadjonov Namanganda yangi mavsum ochilishida ishtirok etdi

  • 17 mart, 2018, 21:37
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Namangan viloyatiga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Umid Ahmadjonov Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan oldin mavsumning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar  bermoqda.

Ochilish marosimida Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.

Umid Ahmadjonov so‘zga chiqib, stadionga yig‘ilgan muxlislarni yangi mavsum bilan, “Navbahor” klubining 40 yilligi bilan tabrikladi. Namanganlik muxlislarni futbolni juda ham sevishlarini alohida e’tirof etib, ishqibozlar mana shunday stadionlarni to‘ldirib, sevimli jamoalariga muxlislik qilib o‘tirishlari boshqa muxlislarga ham o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi. Jamoaga ushbu mavsumda omad va muvaffaqiyat tiladi.

Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va adolatli qarorlar uchun namanganlik muxlislar nomidan alohida minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng, Umid Ahmadjonov viloyat hokimiga sovg‘a sifatida ramziy Kubokni topshirdi. Shuningdek, muxlislar bilan ishlashdagi faollligi uchun “Navbahor” futbol klubi muxlislar sardori Farxod Umaralievga ham sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, uchrashuvga start berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!