Uning “Roma”da qolishi qiyin
“Roma” maydon markazini kuchaytirish maqsadida keyinchalik sotib olish huquqi bilan ikki nafar yarim himoyachini ijaraga olgan edi.
Ulardan biri Eynsli Meytlend-Naylsning o‘yini Joze Mourinoga ma’qul kelmadi va angliyalik futbolchi “Arsenal”ga qaytib ketdi.
“Portu”dan olingan Serjiu Oliveyra jamoaga yaxshi kirishib ketdi. Bosh murabbiy o‘z hamyurtini jamoasida olib qolishga tayyor. Biroq, sport direktori Tyagu Pinto buning uchun “Portu”ni rimliklarga maqbul narxga ko‘ndirishi kerak.
Kelishuvda rimliklar Oliveyraning transfer huquqini sotib olishni istasa, 13 million evro to‘lashi belgilab qo‘yilgan edi. Biroq, “bo‘rilar” tajribali futbolchiga shu summaning yarmini tikmoqchi bo‘lyapti. Chunki Oliveyraning bor-yo‘qligi jamoaga u qadar sezilmaydi.
Agar “Roma” o‘zi ko‘zlagan 6-7 million evroga “Portu”ni ko‘ndira olmasa, Serjiu ham kelgan joyiga qaytib ketadi.
Fikrlar