Universal futbolchi “Real” eshigini qoqmoqda

  • 2 noyabr, 2020, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmagan David Alabaning agenti Pini Zaxavi mijozini “Real”ga joylashtirish borasida ish boshladi.

Ma’lumki, myunxenliklar rahbariyati ketma-ket bir necha taklifni rad etgan futbolchiga boshqa shartnoma berilmasligini ma’lum qildi. Chunki, David Alaba “Bavariya”dan yiliga 20 million evro maosh talab qilgan holda, bu summadan past mablag‘ ko‘rsatilgan shartnomalarini qabul qilmadi.

Shundan so‘ng, Zaxavi universal himoyachiga yangi ish topish maqsadida madridliklarga avstriyalik futbolchining xizmatlarini taklif qilgan. Bu taklif Zinedin Zidan jamoasini ham qiziqtirishi tabiiy. Chunki himoyaning har qanday nuqtasida yuqori darajada o‘ynay oladigan Alaba kelasi yozda erkin agent sifatida tekinga olib kelinadi. Bu vaziyatda tomonlar futbolchining maoshi va agentning ulushi bo‘yicha kelishuvga erishsa kifoya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!