Uord-Prouz APLga qaytishi mumkin edi

  • 03.08.2023 00:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionshipga tushib ketgan "Sautgempton"ni bir qator futbolchilar tark etmoqda. Ular orasiga Jeyms Uord-Prouz ham qo‘shilishi mumkin edi. 

Yarim himoyachi uchun "Vest Xem" taklif bilan chiqdi. Unga ko‘ra, "bolg‘achilar" 30 million funt to‘lamoqchi edi. Ammo bu taklif rad qilindi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri. London klubi 40 million funt istamoqda. Tomonlar kelishish ehtimoli past.

Ma’lumot uchun, "Vest Xem" Deklan Raysga o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar orasida "Yuventus" vakili Denis Zakariya ham bor. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!