
Urugvay – Yaponiya 2:2 (video)
Bugun Amerika kubogi "C" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Urugvay hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
"Gremio Arena"da kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natija bilan nihoyasiga etdi. Koji Miyoshi tomonidan kiritilgan ikki golga urugvayliklar safida Luis Suares va Xose Ximeneslar javob qaytarishdi.
Shu tariqa, Urugvay hisobidagi ochkolar soni 4 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Yaponiya esa 1 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Qit’adoshlarimiz kelgusi tur Ekvador bilan, Oskar Tabares shogirdlari esa Chili bilan kuch sinashadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar