Usman Nurmagomedovning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum
Rossiyalik taniqli MMA ustasi, engil vaznda PFL chempioni Usman Nurmagomedovning keyingi raqibi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Nurmagomedov (20-0) 7 fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tadigan PFL ning navbatdagi turnirida oktagonga ko‘tariladi. Rossiyalikka o‘sha oqshom Angliya vakili Alfi Devis (20-5-1) raqiblik qilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, Usman oxirgi jangida irnlandiyalik Pol Xyuzni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.



Fikrlar