Usmon Nurmagomedov: "Oila bir paytning o‘zida ham motivator, ham chalg‘ituvchi omil bo‘lishi mumkin”

  • 5 noyabr, 11:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

PFL ning engil vazn chempioni Usmon Nurmagomedov mashg‘ulotlarni Dog‘iston va AQShda o‘tkazishning afzallik hamda kamchiliklarini taqqosladi.

Tecno

“Eng katta afzallik — AQShda hech narsa seni chalg‘itmaydi. Faqat mashg‘ulot qilasan, uxlaysan, ovqatlanasan, dam olasan. Dog‘istondagi mashg‘ulotlardagi kamchilik — oila, qarindoshlar, do‘stlar yaqin bo‘lgani uchun e’tibor bo‘linadi, chalg‘ishlar ko‘p bo‘ladi.Biroq u erda tayyorgarlikning plusi — oila yoningda, onaning taomi, o‘z muhitingda bo‘lish — bu iliqlik beradi.Uzoqda tayyorgarlik ko‘rganingda, shu narsalar — yaqinlar, ona taomi, oila muhiti etishmaydi. Oila bir paytning o‘zida ham motivator, ham chalg‘ituvchi omil bo‘lishi mumkin”, — dedi rossiyalik.

Eslatib o‘tamiz, Usmon 3 oktyabr kuni "PFL Champions Series 3" turnirida Pol Xyuzga qarshi revansh o‘tkazib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!