Usmon Nurmagomedovning navbatdagi raqibi ma’lum!

  • 16 fevral, 2024, 12:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Sport sharhlovchisi Igor Lazorin Bellator promoushenining engil vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Usmon Nurmagomedov(17-0-1 N/C)ning navbatdagi jangi haqida ma’lumot berdi.

Tecno

“Usmon Nurmagomedov Bellator chempionlik unvonini Aleksandr Shabliy(24-3)ga qarshi himoya qiladi. Bu haqida menga Nurmagomedovning menejeri Rizvan Magomedov xabar qildi. Jang bahor oxiri - yoz boshida bo‘lib o‘tadi”, – deb yozdi Lazorin Telegram dagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmon Nurmagomedov o‘tgan yilning noyabr oyida Brent Primus bilan Gran-pri yarim final jangidan so‘ng doping-testdan o‘ta olmaganiga qaramay, chempionlik unvonini saqlab qolishi ma’lum bo‘lgandi. Rossiyalik olti oyga diskvalifikatsiyaga uchrab, britaniyalik bilan jangi bekor qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!