Usmon Toshev yana Tojikistonda!

  • 17 dekabr, 2021, 21:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlayotgan Usmon Toshev Tojikistonga jo‘nab ketdi. Bu xususida Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

“Tojikiston futbol federatsiyasining tashabbusi bilan Dushanbedagi “Vatan” mehmonxonasida bolalar umumiy futbolida ishlayotgan murabbiylar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

Murabbiylar uchun tashkil etilgan mazkur kursni o‘zbekistonlik FIFA va OFK instruktori, o‘z vaqtida Tojikiston terma jamoasiga ustozlik qilgan Usmon Toshev boshqarmoqda.

toshev1_2

Kursning ochilish marosimida Tojikiston bolalar futboli ligasining rahbari Uvaydo Davlatbekov ham ishtirok etdi. U kursga tashrif buyurgan bolalar futboli murabbiylarini iliq qarshilab, ularga omad yor bo‘lishini tiladi. Unda 30 nafar murabbiylar qatnashishyapti.

Yaqin to‘rt kun ichida murabbiylar “6-12 yoshdagi bolalar futbolida jismoniy tayyorgarlik haqidagi yo‘riqnoma” mavzusida o‘z bilimlarini oshirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”, - deyiladi tashkilot matbuot xizmatining xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Toshev 2018 yili dastlab Tojikiston olimpiya terma jamoasini boshqardi. Keyinroq esa u Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shu yilning o‘rtalarida Usmon Qudratovich terma jamoa bilan xayrlashgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!