Uyidagi o‘g‘rilikdan so‘ng Riberi Florentsiyadan ketadimi?

  • 9 iyul, 2020, 14:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" bosh direktori Daniele Prade Frank Riberining kelajagi borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Riberi uyiga o‘g‘ri tushganidan so‘ng, Florentsiyadan ketish haqida o‘ylab ko‘rishi haqida aytib o‘tgan edi.

"Riberi ketmoqchi? Bu qandaydir tushunmovchilik. U Florentsiyadagi hayotidan juda baxtiyor, faqat uni bezovta qilishgani uchun jahli chiqdi. Ammo u aqlli yigit", - deydi Prade.

Joriy mavsumda Riberi A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!