V Pro-Ligaga qachon qur’a tashlanadi?

  • 2 aprel, 2019, 13:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, ayni damda Professional Futbol Ligasi V Pro-Ligada o‘ynaydigan klublarni saralab olmoqda. Professional Futbol Ligasi V Pro-Ligasi uchun kelgan zayavkalarni o‘rgandi va talablarga javob beradigan, litsenziyalash talablarini qisman bo‘lsa ham bajargan klublarni saralab oldi. Shu tariqa, V Pro ligasi yangi mavsumida 16ta klub ishtirok etishi tasdiqlandi.

Tecno

Ushbu turnir ham, xuddi A Pro-Ligasi formatida o‘tkaziladi. Jami 4 davradan iborat 2ta bosqich bahslarida maydonga tushadilar. Jamoalarning harajatlarini kamaytirish maqsadida, mehmondagi o‘yinlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun jamoalar mintaqaviy printsip asosida ikki mintaqaga – “sharq” va “g‘arb”ga ajratiladi.

Ushbu musobaqaga 3 aprel kuni O‘zPFL binosida soat 11:00da qur’a tashlanadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Pro-Liga V ishtirokchilari

“Sharq” mintaqasi

“Andijon” – 2

“Rash Milk”

“Rubin”

“Lokomotiv-BFK”

“Bunyodkor-2”

“Turon”

“Yashnobod”

“Chig‘atoy”

“G‘arb” Mintaqasi

“Ittifoq” (Navoiy)

“Zirabuloq”

“Ittifoq” (Buxoro)

“Zomin”

“Yangier”

“Zarangar”

“G‘ijduvon”

“Orol”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!