
Va nihoyat, braziliyalik Tokio Olimpiadasi chempioni O‘zbekistonga kelmoqda!
Xabaringiz bor, 13 avgust kuni Toshkentda juda katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Yurtimizda tashkil etilgan qudratli Lift promouterlik kompaniyasining ilk jang kechasida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan charmqo‘lqop ustalari bilan bir qatorda jahon boks olamida o‘z so‘zini ayta olgan atletlar ham ringga ko‘tariladi.
Jumladan, yurtimizga tashrifi borasida turli xil gap-so‘zlarga sababchi bo‘lgan, Tokio Olimpiadasi g‘olibi braziliyalik Xebert Konseysao va nihoyat Toshkentga kelmoqda. U ertaga 9 avgust kuni 07:20 da Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga uchib kelishi kutilmoqda.
Barchangizni erta tongda kutib qolamiz!
Fikrlar