
Vadim Abramov: Ertaga nafaqat G‘iyosov, balki ayni vaqtda O‘zbekiston OTJdagi futbolchilarimizning ham o‘rni bilinadi
Bugun Osiyo Chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Al Zavra” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov va yarim himoyachi Lutfulla To‘raev ishtirok etdi.
Vadim Abramov: - Yangi mavsumda barchaga omad tilayman! Hammasi joyida, ertaga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.
Lutfulla To‘raev: - Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoada hammasi yaxshi. Ertaga g‘alaba maqsadida maydonga tushamiz.
- Raqib bosh murabbiyi matbuot anjumanida ertangga bahsda “Bunyodkor”ning ustunligi haqida gapirdi. Sizningcha bu taktikami yo haqiqatdan ham shundaymi?
Vadim Abramov: - Men boshqalarning muammosini o‘ylamayman. Bilamanki, ular kuchli jamoa, jiddiy raqib. Fikrimcha, bu taktika va aldov.
- O‘tgan mavsum markazda Nurillo To‘xtasinov bilan tandem bo‘lgan edingiz. Hozir jamoaga Sardor Abduraimov jalb qilindi. Sardor bilan til topishib oldingizmi?
Lutfulla To‘raev: - Abu Dabi yig‘ini doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Sardor Abduraimov bilan birga o‘ynadik, fikrimcha hammasi joyida. Bir-birimizni bilan til topishib ketdik deb o‘ylayman.
Xurshid G‘iyosovning jamoani tark etganini katta yo‘qotish deb hisoblasak bo‘ladimi?
Vadim Abramov: - Nafaqat G‘iyosov, jamoani tark etgan boshqa o‘yinchilar, qolaversa, ayni vaqtda olimpiya terma jamoasida bo‘lib turgan futbolchilarning o‘rni bilinadi. Lekin bu futbol. Zamonaviy futbolda bunday holatlarga tayyor turish kerak.
Fikrlar