Portugalia orzusiga yeta oladimi? Ronalduni uchun so‘nggi imkoniyat
Portugaliya terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatida bosh sovrin uchun asosiy daʼvogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Biroq jamoa o‘z tarixida hali biror marta mundial finaliga chiqa olmagan.
Eusebio, Luish Figu va Krishtianu Ronaldu kabi yulduzlarga ega bo‘lgan avlodlar ham futboldagi eng katta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lmagan.
Bosh murabbiy Roberto Martines esa o‘tgan yili Portugaliyani Millatlar ligasi g‘olibligiga olib chiqqandi. Bu esa jamoa Jahon chempionatida ham yuqori natija ko‘rsatishga tayyor ekanini namoyish qildi.
2026 yildgi mundial Krishtianu Ronaldu uchun ham alohida ahamiyatga ega. 41 yoshli hujumchi faoliyati davomida deyarli barcha muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdi, ammo Jahon chempionati kubogi haligacha uning kolleksiyasida yo‘q.
Ronaldu Portugaliya safida 228 ta uchrashuvda maydonga tushib, 143 ta gol urgan. Terma jamoa tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri bo‘lgan hujumchi oltinchi Jahon chempionatida ishtirok etib, yana bir rekordni takrorlamoqda.
Shunga qaramay, uning mundiallardagi statistikasi tanqidlarga ham sabab bo‘lib kelmoqda. Ronaldu hozirgacha Jahon chempionatlarining pley-off bosqichida gol urmagan. Shu bois ayrim mutaxassislar terma jamoa usiz kuchliroq bo‘lishi mumkinligi haqida ham fikr bildirishmoqda.
Biroq Portugaliya faqat bir futbolchiga bog‘liq jamoa emas. Jahon reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan jamoa musobaqadagi eng kuchli yarim himoya chiziqlaridan biriga ega.
Portugaliyaning mundiallardagi eng yaxshi natijasi 1966 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda jamoa uchinchi o‘rinni egallagan.
Portugaliyaning ehtimoliy yo‘li
Agar Portugaliya "K" guruhida birinchi o‘rinni egallasa, pley-offning ilk bosqichida uchinchi o‘rinni olgan jamoalardan biriga qarshi bahs olib boradi.
Keyingi bosqichda ehtimoliy raqib sifatida Shveytsariya ko‘rilmoqda. Chorak finalda esa Argentina bilan to‘qnashuv yuz berishi mumkin.
Yarim finalda Braziliya yoki Angliya raqib bo‘lishi ehtimoli bor. Agar jamoa barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, 19 iyul kuni "MetLayf" stadionida o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionati finalida ishtirok etadi.
Mutaxassislar fikricha, guruhda birinchi o‘rinni olish Portugaliya uchun juda muhim. Chunki ikkinchi o‘rin pley-offda ancha murakkab yo‘lga olib kelishi va Evropaning yoki Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoalari bilan ertaroq to‘qnashuvga sabab bo‘lishi mumkin.

Fikrlar