Vadim Abramov: Futbolchilar maosh olishlari bilan...

  • 20 aprel, 2019, 20:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun kurashdi va bahs muxlislarga yoqdi degan umiddaman. O‘ylashimcha, yomg‘ir yog‘gani yaxshi bo‘ldi. Bu erda maysa baland edi va yomg‘ir tufayli futbolchilarga ham o‘ynash osonlashdi.

Tecno

AGMK bilan mavsum oldidan nazorat o‘yini o‘tkazgan edik. Ammo u bahs bilan bugungisini taqqoslab bo‘lmaydi. Bugun maydonda o‘ynagan aksariyat futbolchilar o‘shanda olimpiya terma jamoasida ekanligi bois safda yo‘q edi.

Ochko yig‘moqdamiz va bu yaxshi. Xuddi shunday ruhda davom etishimiz kerak. Biz hali o‘z maydonimizda o‘ynamadik. Qiyinchiliklarga qaramay, yaxshi o‘ynayotgan yigitlarimga rahmat aytaman. Bizda bir qator muammolar bor. Umid qilamanki, futbolchilar maoshlarini olishlari bilan o‘z ishlarini yanada yaxshi bajarishadi", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!