
Vadim Abramov: "Neftchi"ni Turkiyada kuzatgandik, hurmatga loyiq raqib"
«Dinamo» jamoasi Superliga 2-turida Jizzaxda «Neftchi»ga qarshi saf tortadi. O‘yin oldidan samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramovning tarkib, raqib va tayyorgarlik haqidagi fikri bilan qiziqdik.
«O‘yinga tayyorgarlikni Samarqandda davom ettiryapmiz. Ob-havo sababli maydon bo‘yicha muammolar bo‘lishi tabiiy, bor imkoniyatdan foydalanib tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Ilk o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazishni istardik, hozirda maydonimiz yangilandi va umid qilamanki, bir oydan keyin Samarqandda o‘ynaymiz.
Tarkibda faqatgina braziliyalik o‘yinchimizning (Ratino) jarohati bor, yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Qolganlar o‘yinga tayyor. O‘tgan o‘yinda bo‘lmagan Ulug‘bek Abdullaev va Emmanuel Yagr ham jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
«Neftchi»ni Turkiyada kuzatgandik, yaxshi selektsiyani olib bordi. Yuqori maqsadlarni qo‘ygan hurmatga loyiq raqibga qarshi qiziqarli o‘yin bo‘ladi», - deydi Vadim Karlenovich.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar