Vadim Abramov: Rahbariyatning almashuvi ta’sir qilishi tabiiy

Coca Cola O‘zbekiston Superligasi 9-turining qoldirilgan uchrashuvi "Buxoro" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasida kechdi. Dastlab, nominal mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Noto‘g‘ri o‘ynasangiz shunday javob olasiz. Birinchi bo‘limda barchasini hal qilishimiz mumkin edi. "Buxoro" esa yo‘q joydan vaziyat yaratib oldi.
Albatta, rahbariyat almashishining o‘ziga yarasha ta’siri bor. Jamoaning kelgusi rahbari kim bo‘lishini ham bilmaymiz. Tez orada bu masalalar hal qilinishiga umid bildiramiz.
Mening fikrimcha, "Buxoro" samaraliroq harakat qildi. Shu sababli, ochko qo‘lga kiritdi", - dedi Vadim Karlenovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!