Vadim Abramov: Terma jamoaga qaytishim borasidagi gap-so‘zlarni eshitish quloqqa yoqadi

  • 10 sentabr, 2019, 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 10
CHERY AUTO

Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichining ilk turini  kutilmaganda Falastinda mag‘lubiyat bilan boshlaganidan so‘ng darhol argentinalik Ektor Kuper keskin tanqid ostiga olindi. Natija uchun javobgar hisoblangan bosh murabbiyning ishi hech kimni qoniqtirmayotgani sababli Falastinga qarshi uchrashuvdan keyin muxlislar o‘rtasida Kuperning iste’fosi borasida so‘rovnomalar o‘tkazildi va unda ko‘pchilik ishqibozlar argentinalik mutaxassisning o‘rnida «Bunyodkor»ni boshqarayotgan Vadim Abramovni ko‘rishni xohlashayotganini bildirishgan.

Tecno

- Vadim Karlenovich, tabiiyki terma jamoamizning mag‘lubiyati barchamiz uchun og‘riqli zarba bo‘ldi. Falastinga qarshi kechgan uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- O‘yin haqida nima ham deyishim mumkin? Falastinga qarshi bellashuvni butun O‘zbekiston kuzatdi. Albatta, mag‘lubiyat hammamiz uchun og‘riqli zarba bo‘ldi. Raqib bizdan ko‘ra yaxshiroq to‘p surgani uchun g‘alaba qozondi. Bunga yana nimani qo‘shimcha qilish mumkin?

- Afsuski, biz kamtarona Falastin terma jamoasiga yutqazib qo‘ydik. Bu muvaffaqiyatsizlik O‘zbekiston terma jamoasining maqomiga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi? Axir Falastin top-maqomdagi terma sanalmaydi…

- Shak-shubhasiz gapingiz juda o‘rinli. Falastindan olingan mag‘lubiyat terma jamoamizning obro‘yiga aks ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Qolaversa, O‘zbekiston FIFA reytingida Falastindan ancha yuqori o‘rinda turadi. Bundan tashqari, tarkibdagi futbolchilar hamda terma jamoada ishlayotgan murabbiylar malakasi va saviyasi borasida ham o‘rtada katta tafovut mavjud. Milliy terma jamoani millat «yuzi» sifatida bejiz tilga olmaydilar. Axir har qanday futbolchi vatan sha’nini xalqaro maydonlarda himoya qilishni orzu qiladi. Albatta, terma jamoa tarkibida legionerlar borligi va ularning ko‘pligi o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Masalan, janubiy koreyalik futbolchilar ingliz prem’er-ligasida to‘p surishyapti. Afsuski, legionerlarimiz orasida top-ligalarda o‘ynayotganlari uchramaydi. Darhaqiqat, Falastindan olingan mag‘lubiyat juda achinarli bo‘ldi. Bu haqda hali uzoq gapirishadi.  

- Ektor Kuperning taktikasi ko‘pchilikka yoqmayotgani sir emas. Nega deganda, bu murabbiy asosiy urg‘uni himoyaviy futbolga qaratadi. Nima deb o‘ylaysiz, u qo‘llayotgan taktika va o‘yin uslubi endi hech narsaga yaramasdan qoldimi?

- Meni kechirasiz, hamkasbimning ish uslubi va taktikalarini tahlil qilib bera olmayman. Har bir murabbiyning futbol borasida o‘z qarashlari bor. Shu bois hamkasbimning ish uslubini izohlash etikaga mutlaqo ziddir. Ektor Kuper ham xuddi men kabi murabbiydir. Uning futbolga oid o‘ziga yarasha qarashlari bor. Men ham o‘z uslubimga ko‘ra ish yuritaman. O‘yin uchun tanlangan taktikaga bosh murabbiy javob berishi kerak. Shunda hammasini tushunib olish mumkin bo‘ladi. Axir men termani boshqarayotgan hamkasbim uchun javob bera olmayman-ku. Shak-shubhasiz, bu juda noto‘g‘ri ish hisoblanadi.

- Falastindan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin Kuperni iste’foga chiqarib yuborish borasida ovoz berish boshlab yuborildi. Aksariyat ishqibozlar terma jamoani boshqarishga aynan siz munosib ekanligingizni aytishmoqda. Agar amalda ham shunday bo‘lib, sizga termada ishlash taklif qilinsa, bu taklifni qabul qilarmidingiz?

- Albatta, bunday gap-so‘zlarni eshitish quloqqa yoqadi. Ammo meni to‘g‘ri tushuning, ushbu savolingizni javobsiz qoldirishga majburman. Ishqibozlarning meni esga olishlari va unutib yuborishmaganidan xursandman.

- Umuman olganda, terma jamoa rulida sizni ko‘rishmoqchi ekanligi haqidagi gaplardan qanday holatga tushasiz?

- Hozir bunday gaplarni eshitish o‘zimga yoqishini aytdim. Odamlar mehnatingni ijobiy qadrlashar ekan, bundan albatta xursand bo‘lasan. Ammo bunday savollarga javob qaytarish biroz o‘ng‘aysizroq. Shuning uchun meni to‘g‘ri tushunasiz, deb o‘ylayman.  

  - JCh-2022 saralash bosqichi startidagi mag‘lubiyatdan keyin terma jamoa muxlislari ushbu ikki masala yuzasidan bahs-munozaralarga kirishgan: kimdir futbolchilarimizga vatanparvarlik ruhi etishmaganligini aytayotgan bo‘lsa, boshqalari hammasi o‘yin uchun noto‘g‘ri taktika tanlanganini ta’kidlayapti. Mazkur masala borasida nima degan bo‘lardingiz?

- Har bir futbolchi va murabbiy terma jamoani xalqaro sahnada namoyon etar ekan, avvalo vatanparvarlik ruhi uni butunlay chulg‘ab oladi. Bunday paytda futbolchi O‘zbekiston uchun o‘zidagi borini berishga kirishadi. Qiziq holat, terma jamoa g‘alaba qozonar ekan, birovning xayoliga vatanparvarlik tushunchasi kelmaydi. Agar mag‘lubiyat qayd etilsa, ko‘pchilik shu haqda bong urishga tushadi. Bu esa masalaga baho berishning eng noto‘g‘ri yo‘lidir. Terma jamoamiz futbolchilari vatanparvarlik nima ekanligini juda teran his qilgan holda maydonga tushadilar va bunga aslo shubha qilmayman. Shunchaki, o‘yinda kim bunga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Baxtga qarshi saralashning ilk uchrashuvi uchun biznikilardan ko‘ra falastinliklar yaxshiroq hozirlik ko‘rgan ekanlar. Qolaversa, o‘sha Braziliya va Germaniya singari top-terma jamoalarda ham omadsizliklar etarlicha kuzatilgan. Hech kim o‘shanda brazil yoki nemis futbolchilariga vatanparvarlik ruhi etishmagani haqida og‘iz ochmagan. Shuningdek, Rossiyada ham og‘ir damlar bo‘lgan. Vatan uchun har qanday inson, jumladan, futbolchi o‘zini fido qilishni istaydi. Shunday ekan, bu mavzuga boshqa to‘xtalish kerak emas, nazarimda.

- Vadim Karlenovich, tasavvur qiling, siz terma jamoa bosh murabbiyisiz. Bunday omadsiz startdan keyin qanday reja tuzgan bo‘lardingiz?

- Juda murakkab savol bilan murojaat qildingiz (kuladi). Agar o‘rnimda boshqa murabbiy bo‘lganida bunday savolga qanday javob qaytarardi? O‘ylaymanki, o‘zini hurmat qiladigan har qanday mutaxassis omadsiz startdan so‘ng keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, degan javobni berishi tayin. Hozirgi vaziyat juda boshqacha. Saralash bosqichi startini mag‘lubiyat bilan boshlash hech kimning xayoliga kelmagandi. Endi futbolchilarning zimmasidagi mas’uliyat ikki hissa ortdi. Endi guruhdagi asosiy raqib sanaladigan Saudiya Arabistonini ikkala uchrashuvda yutish talab qilinadi. Lekin bu ishni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

- Ko‘pchilik Ektor Kuperning keksa mutaxassis sanab, uning ish uslublari endi hech narsaga yaramasligi haqida ham gapirilyapti. Sizningcha, yoshning ishga ta’siri bo‘ladimi? Qolaversa, o‘zingiz ham 60 yoshga qarab ketyapsiz…

- (Kuladi) Bilasizmi, yoshning bunga hech qanday ta’siri yo‘q. Yoshning o‘tib borishi faqat kundalik hayotingizga qandaydir ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, yuqori qavatga ko‘tarilayotgan paytingizda charchoqni his qila boshlaysiz. Aslida yosh o‘tib borishi bilan kishida tajriba juda ortadi va o‘zining cho‘qqisiga chiqadi. Shunday ekan, keksa mutaxassisning ish uslubi asqotmayapti, degan iddaolar mutlaqo asossiz. Albatta, futbol yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Shuning barobarida murabbiylar ham jarayonlarga ko‘nikmoqdalar. Murabbiy necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar har doim bilimini oshirish payida bo‘ladi. Baxtga qarshi hamma ham buni tushunavermas ekan.

- Futbolda shunday yozilmagan qoida bor: kuchli chempionat – bu kuchli terma jamoa degani. Demak, bizning birinchilik hali ham kuchsiz ekan-da?

- Bu ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan mulohazadir. Savolingizga javob qaytarish asnosida bir qancha kuchli chempionatlarni misol keltiraman. Angliya prem’er-ligasi eng kuchli birinchilik sifatida tilga olinadi. Angliya terma jamoasi esa anchadan beri katta g‘alabalarga erisha olmasdan kelyapti. Portugaliya birinchiligini top-ligalar qatoriga qo‘shishmaydi, shunday bo‘lsa ham Portugaliya terma jamoasi Evropaning amaldagi chempioni bo‘lib turibdi. Yodingizda bo‘lsa, yaqin o‘tmishda Gretsiya terma jamoasi ham qit’ada g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, o‘z vaqtida Chexoslovakiya (Chexiya) Evropa chempionatida zafar quchgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, kuchli birinchilik har doim kuchli terma jamoa shakllanishi uchun poydevor vazifasini o‘tab beravermaydi.

- Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston terma jamoasi bunday bo‘sh o‘yini bilan jahon chempionati yo‘llanmalaridan biri uchun da’vogarlik qila olishi mumkinmi?

- Gap-so‘zsiz bunday o‘yin bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Ammo terma jamoamizda vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun barcha imkoniyatlar saqlanib turibdi. Axir oldinda uchrashuvlar ko‘p. O‘ylaymanki, to‘g‘ri xulosa chiqariladigan bo‘lsa, hammasi ijobiy tomonga o‘zgarib ketadi. Hozirdan tushkunlikka tushish yaramaydi. Axir umidni so‘ndirmaslik kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абвгд
10/09/2019 22:54
Кеч булмасдан кайтариш керак
Mutaliev Hislatbek
12/09/2019 08:36
Xa tug'ri aytasiz aslida Abromovni vaqtida ayb qo‘yib o‘yinni sotdi deb boshatishdi lekin aslida Abramovdan keyingi murabbiylar nima qilib berdi. Biz cho‘ponni emas qo‘ylarni aybdor qilishimiz kerak bizda bitta sistema bor o‘ynay olmadimi yutqazdikmi 100% murabbiy aybdor lekin aslida o‘yinchilar xammasi qorni to‘ygan bollar boyni bolasi yoki katta oylik olib pulni yetarli qilib bo‘lganlar. Oxirgi o‘yinda bizning eng kuchli chiziqimiz bo‘lgan yarim ximoyamiz umuman yo‘q ishlamadi hujumchilar o‘zi kelib yarim himoyadan to‘p olib ketishga majbur bo‘ldi
&
Qobil Mustafoqulov
11/09/2019 16:11
Maqola juda kerak paytda juda o'rinli va juda asosli yozilgan. Biz ham shunday maqolani kutayotgandik. Vadim Abramov ayni damda bosh jamoamiz uchun bosh Murabbiylikga munosib nomzod. Abramovga yordamchi murabbiy sifatida esa Ravshan Haydarov eng maqbul variant. Bu ikki tajribali mutaxasislar o'z ishlarining ustalari va Ular bilan Milliy terma jamoamiz Albatta Mundial yo'llanmasini qo'lga kirita oladi. Bunga esa Faqatgina men emas, Futbolni yaxshi tushunadigan barcha Vatandoshlarimiz Ishonadi. Faqatgina Kech bo'lmasdan Murabbiylar shtabidagi o'zgarishni tezroq amalga oshirish kerak. Aks holda, bu safar ham Mundial armon bo'lib qoladi barchamizga . . .
Javlonali Mahkamov
11/09/2019 13:41
Вадим Абрамов асосан хужумкор тактика ишлатади. Ракибтан коркиш йок. Эн яхши химоя бу хужум. Биз термамиззи хужумкор ойинини согинганмиз. Абрамов терма жамоага тренер боса жохон чемпионатига обчикишига ишонаман.
Jurabek Ibragimov
16/09/2019 12:17
Узимизнинг Узбекистонда жуда кучли мутахасислар бор
Jurabek Ibragimov
16/09/2019 12:05
Бизга хужумкор уйин керак куперга жавобини бериш керак
&
Фан
11/09/2019 09:40
УЗБ ОТЖ - ВАА ОТЖ вокеасини хам ёдга олиб утмабсизда Шухратжон.
Хозир худога шукур Давлатимизда куз тегмасин суз эркинлиги тулик та'минланган, балки Абрамов лоп этиб ёрилиб уша сирли уйинни "сир"ини ошкор килиб узини куп йиллардан буён эзиб, ич-ичини кемириб келаётган юкдан халос булиб олармиди.
Уша уйин натижаси нотугри танланган тактика ёки футболчилар уз галабасига ишониб хотиржамликка берилиб кетиши туфайли юзага келган деган сафсатага уша пайтда хам хозир хам хатто мактаб укувчиси хам ишонмайди.
Бир кун келиб бу "сир" хам ошкор булиб колар хар холда узи б/н гурига олиб кетмас.
&
jahongir salomov
11/09/2019 10:48
RAVSHAN HAYDAROVNI terma jamoaga bosh murabbiy qilish kerak shundagina terma jamoa yosharib bu safar bulmasa kiyingi safar albatta chiqadi qariyaladan hich qanaqa foyda yuq futbol muxlislari
Кахрамонжон Сафаров
11/09/2019 21:19
Равшан Хайдаров Баба...ни катта углику
&
Surxon turon
11/09/2019 08:29
Бир балоси бӯлмаса шудгорда қуйруқ на қилур Абрамов қайтгани рост бӯлсин
&
jahongir salomov
11/09/2019 10:37
Hurmatli vatandoshlar abramov ham yaxshi varyant emas chunki bu murabbiy hich uzbek futboliga hich qanaqa ish qilmagan eng yaxshi varyant uzbek futbolchilariga vatan shanini xis qildirib oxirida chimpion qilaolgan RAVSHAN HAYDAROV munosib bulsa kerak yanayam mani fikrim xolos
&
Surxon turon
11/09/2019 11:17
Буям зӯр вариянт
7 7 7
11/09/2019 00:48
Welcom vadim abramov
Mutaliev Hislatbek
12/09/2019 08:54
Zineden Zidan Jurgen Kloop Josep Gvardiola Thomas Tuxel Joa Jim Lovlarni xattoki yer yuzidagi barcha trenrlarni O‘zbekiston terma jamoasiga yig'sa xam bir tiyin zarracha ham natija bermaydi chunki cho‘ponlar emas maydonda qo‘ylar o‘ynaydi bularni barchasi qorni to‘ygan bollar
7 7 7
12/09/2019 10:24
Xa o'lming ana o'sha chupon qo'ylarni orqasidan kelidigan non tuzini yebtiyu masulyatini xis qilmipdi
Абдусамат Жураев
10/09/2019 22:51
Ниманидур иси келяптида бугун барча интернет ва омомвий ахборотчилар мавзуси Купер ва Абрамов булди Чол узбекистонга келмапти бир гап бор