Vadim Abramov: Xatto "Manchester Siti"da ham bizdagidek muammo bor
O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasida kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Yaxshi bellashuv bo‘ldi. 6 ta futbolchini almashtirib, ko‘pchilikni sinovdan o‘tkazdim. Ularning imkoniyatlarini ko‘rdim. Endi keyingi uchrashuvga tiklanishimiz lozim.
Hamma jamoa ham raqibdan kelib chiqib harakat qiladi, ya’ni imkoniyat boricha hujum qiladi. Biz ham ko‘plab hujumlar qildik, gol ham o‘tkazib yubordik. Ko‘plab hujum qiladigan va gol o‘tkazmaydigan jamoa bo‘lmasa kerak. Hatto "Manchester Siti"da ham huddi bizdagidek muammo bor. Bizda Van Deyk yo‘q. Braziliya qancha xohlasa shuncha uradi. Biz Braziliya emasmiz, lekin harakatdamiz.
Odil Ahmedov himoyada sinab ko‘rildi. Balki u Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda o‘ynamasligi ham mumkin. Bu eksperiment edi xolos, - dedi Abramov.



Fikrlar