Valbuena Benzemaga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilganidan keyin ham noroziligini yashirmayapti

  • 25 noyabr, 2021, 15:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mate Valbuena mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti  Noel Le Gredan norozi ekanligini yashirmayapti. U Benzemaga qarshi sud jarayonidan norozi.

Tecno

"Juda hayronman. Hafsalam pir bo‘ldi. Frantsiya terma jamoasi meni qo‘llab-quvvatlamadi. Menga Le Grening dalda berish uchun qiladigan bittagina qo‘ng‘irog‘i etarli bo‘lardi. Biroq u mening raqamimni bilmaydigandek tuyuldi",-dedi Valbuena.

2015 yilda Benzema terma jamoadagi sherigi Valbuenaning shaxsiy videosini tarqatib, "shantaj" qilishda aylangan. Ushbu vaziyat tufayli u 2021 yilning may oyiga qadar "uch ranglilar" tarkibiga chaqirilmadi.

Bir necha kuni oldin sud futbolchini shartli ravishda 1 yilga ozodlikdan mahrum qildi va 75 ming evro jarimaga tortdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!