"Valensiya" Cherishevni sotib oladigan bo‘ldi

  • 28.06.2019 09:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik yarim himoyachi Denis Cherishev yangi mavsumni yana "Valensiya"da boshlaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda “ko‘rshapalaklar” 28 yoshli futbolchining transferi masalasida “Vilyarrel” bilan kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “Valensiya” Cherishevni 5 mln evro evaziga “sariq suv osti kemasi”dan sotib oladi.

Eslatib o‘tamiz, Cherishev o‘tgan mavsumni “Valensiya”da ijara asosida o‘tkazgan edi. U jami 41ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!