«Valensiya» ukrainalik yarim himoyachini sotib olmoqchi

  • 25.07.2026 13:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Jirona» jamoasida to‘p surib kelayotgan Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Tsigankov yaqin vaqt ichida Ispaniyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga «Valensiya» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Jirona» Tsigankovni sotish orqali taxminan o‘n million yevro ishlab topishni rejalashtirmoqda. Futbolchi bilan amaldagi shartnoma kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Viktor Tsigankovga amsterdamik «Ayaks» hamda kataloniyalik «Espan’ol» tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

2025/2026 yildgi mavsumda yarimhimoyachi «Jirona» safida 34 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu davr mobaynida yetti marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi va besh bor hamjamoadoshlariga gol urishga yordam berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!