“Valensiya”dan yana omad yuz o‘girdi
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasi chempionatida 14-tur bahslari o‘tkazilmoqda.
Unda Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Germaniyada “Bamberg” klubiga qarshi o‘tgan o‘yinda 81:66 hisobida zafar quchdi. Litvaning “Jalgiris” jamoasi Ispaniyada “Valensiya” mehmoni bo‘ldi. Ushbu o‘yinda “Jalgiris” raqiblarini 71:63 hisobida mag‘lubitga uchratdi.
Serbiyada o‘tkazilgan “Tsrvena Zvezda” va “Panatinaikos” (Gretsiya) bahsida 63:69 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Isroilning “Makkabi FOX” klubi o‘z maydonida “Fenerbaxche” (Turkiya)ni 82:73 hisobida taslim qildi.
Chempionatda bugun “BK Ximki” (Rossiya) – “TsSKA” (Rossiya), “Anadolu Efes” (Turkiya) – “Olimpiakos” (Gretsiya), “Baskoniya” (Ispaniya) – “Barselona” (Ispaniya), “Unikaxa” (Ispaniya) – “EA7 Milan” (Italiya) jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar