Valentina Shevchenko nima uchun kamardan osonlikcha voz kechdi?
Taniqli UFC jangchisi Valentina Shevchenkoning murabbiyi Pavel Fedotov Qirgʻiziston vakilasi nega chempionlik kamarini boʻshatganini tushuntirib berdi.
"Biz 3 oktyabr kuni Natalya Silva bilan jang qilishimiz kerak edi, ammo elka va orqa paylardagi jarohat tufayli ushbu bahsni qoldirishga majbur boʻldik. Shuningdek, tiklanish uzoq vaqt talab etishini hisobga olib, biz kamarni vaqtincha boʻshatganimiz ham maʼqul. Hammasi iziga qaytgach Valentina titul uchun yana jang qiladi", - deya mutaxassisning soʻzlarini keltirdi "MMA Mania" nashri.
Maʼlumot uchun, vakant unvon uchun 3 oktyabr "UFC 332" turnirida braziliyalik Natalya Silva va xitoylik Van Kong oʻzaro oktagonga koʻtariladi.

Fikrlar