Valentina Shevchenko: "Uchinchi jang Qirg‘izistonda o‘tkazilsa adolatli bo‘ladi"

  • 19.09.2023 15:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Sobiq UFC chempioni Valentina Shevchenko (23-4-1) Aleksa Grasso (16-3-1) bilan uchinchi jangi haqida gapirdi.

“Mustaqillik kunida navbatdagi jangni Qirg‘izistonda o‘tkazish adolatli va to‘g‘ri bo‘lardi. Keyin muvozanat bo‘ladi, shunday emasmi? Vatanimning Mustaqillik kunida jang qilish juda adolatli bo‘lardi.

Qirg‘iziston xalqi va hukumati bu jang bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor, deb hisoblayman. O‘ylaymanki, UFC  xohlasa, bunday uchrashuv tashkil etilishi mumkin”, - dedi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ular o‘rtasidagi 2-jang durang bilan yakunlangan edi va aynan ushbu jang Grassoning vatani Meksika mustaqilligi kuni o‘tkazilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!