Valentina Shevchenkodan Habib Nurmagomedovga o‘ziga xos javob!

  • 27.09.2021 09:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super engil vazn toifasida UFC chempioni Valentina Shevchenko  “UFC 266” turnirida Loren Myorfini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Habib Nurmagomedovning ring-qizlari haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq, promoushenning sobiq chempioni qizlarni jang san’atlaridagi eng foydasiz odamlar deb atagan edi.

“Chiroyli ayollar - har qanday tadbirning bezagi. Men buni odamlar bilishini xohlayman. Hech kim ularni befoyda deb aytishga haqli emas. Ular bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda va boshidanoq shu erda”, - dedi Shevchenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!