Valverde: "Bu mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin"

  • 05.11.2025 12:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasida "Liverpul" qarshi (0:1) bo‘lgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Bu mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin. Biz standart holatda himoyada xato qilib, uch ochkoni yo‘qotdik. Bunday vaziyatni biz nazorat qilishimiz kerak edi.

Bu stadionda o‘ynash oson emas. Bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi, ularda ham bo‘ldi. Standart holatlarda himoyada yanada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak", – dedi "qirollik klubi"ning sardori.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar navbatdagi uchrashuvini 9 noyabr kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!