Van der Vart Niderlandiya terma jamoasiga Slotni tavsiya qildi
Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart milliy jamoa bosh murabbiyligiga Arne Slot nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
⠀
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya Jahon chempionati 1/16 finalida Marokashga penaltilar seriyasida (1:1, pen. 2:3) mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgandi. Shundan so‘ng bosh murabbiy Ronald Kuman iste'foga chiqdi.
⠀
"Slot hozir erkin, shuning uchun bu eng oson qaror bo‘ladi. Shu bilan birga, eng yaxshi tanlovlardan biri ham.
⠀
U bu vazifa uchun juda mos keladi. Arne kuchli xarizmaga ega, muloqot qilishni yaxshi biladi. Angliyadagi faoliyatidan keyin uning obro‘si yanada oshdi. U "Liverpul" bilan ilk mavsumidayoq Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘ldi.
⠀
Slot himoyaviy futbol tarafdori emas. U doimo hujumkor uslubni tanlaydi. Angliyadagi tajribasi esa unga xalqaro darajadagi talablarni yaxshi tushunish imkonini berdi.
⠀
Niderlandiya o‘z uslubiga sodiq qolishi kerak. Biz katta davlat emasmiz, ammo ijodkor va tashabbuskor futbolimiz tufayli doim yuqori natijalarga yaqin bo‘lganmiz. Himoyaviy futbol bilan muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi", — dedi van der Vart.

Fikrlar