
Van Deyk: "Biz Jotaning oilasi va ota-onasini haqida qayg‘urishimiz kerak"
"Liverpul" himoyachisi Virdjil Van Deyk "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuv oldidan bir oy oldin vafot etgan Jota va ukasining vafoti haqida gapirib o‘tdi.
"Shubhasiz bu hammamiz uchun juda og‘ir judolik bo‘ldi. Avvalo Diogu va Andrening oilasi, Jotaning ayoli va farzandlari uchun. Ularni bu vaziyatda doimo birinchi o‘rinda eslashimiz kerak. Buni hech qachon unutmasligimiz lozim va ularning dard alamini tasavvur qila olmaymiz.
To‘g‘risini aytganda, bu hali ham haqiqatga o‘xshamaydi, lekin biz jamoa sifatida vaziyatni imkon qadar boshqarmoqdamiz va barchamiz bu og‘ir kunlarni engib o‘tish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qimoqdamiz. Yuz bergan voqeadan so‘ng futbolni davom etirish g‘alati tuyildi.
Men doimo Diogoning oilasi, ota-onasi haqida qayg‘urishimiz kerakligini aytaman, bu eng muhimi. Ko‘p narsalar haqida o‘ylaysiz, bularning hammasini anglash qiyin. Ular boshdan kechirayotgan og‘riq va his-tuyg‘ularni tasavvur ham qilolmaysiz. Shuning uchun biz iloji boricha ko‘proq ular bilan birga bo‘lishga harakat qilamiz, Aynan shu sababli, uning merosini nafaqat hozir va keyingi bir necha oy ichida, balki iloji boricha uzoqroq vaqt davomida hurmat qilishimiz va davom ettirishimiz juda muhim, chunki u bunga munosib", - dedi "mersasayidliklar" jamoasi sardori.
Fikrlar