Van Deyk: "Manchester Yunayted"ga ko‘proq gol urishimz ham mumkin edi

  • 2 sentabr, 2024, 11:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" kecha APLning 3-turida “Manchester Yunayted”ni mehmonda mag‘lub etdi (3:0). Mazkur bellashuvdan so‘ng mersisaydliklar himoyachisi Virjil van Deyk o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Bu g‘urur lahzalari. Meni eng ko‘p quvontirgan narsa boshidan oxirigacha bo‘lgan o‘yinimiz bo‘ldi. Biz o‘yindan zavq olishni xohlaymiz va bunga erishishning yagona yo‘li - qattiq mehnat. Biz ustunlik qildik va ko‘proq gol urishimiz ham kerak edi. 3:0 hisobidagi g‘alaba o‘tgan mavsumdagiga nisbatan sezilarli yaxshilanish belgisidir.

Men yigitlar bilan juda faxrlanaman. Bizning o‘yin rejamiz ishladi. Biz sabr qildik.

Yurgen Klopp o‘zining so‘nggi intervyularidan birida yangi murabbiy juda yaxshi jamoani meros qilib olganini aytdi. Murabbiy ketdi, lekin futbolchilar qolishdi. Biz bu mavsumda ko‘plab sovrinlarga erishmoqchimiz. Bizni "Manchester Siti" va "Arsenal" kabi juda yaxshi jamoalarga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Biz barqarorlikni namoyish etmoqdamiz. Xalqaro tanaffusdan keyin deyarli har uch kunda o‘yinlar bo‘ladi. Unga qadar esa, optimal sport formasida bo‘lishimiz kerak", - dedi "Liverpul" himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!