Van Deyk: "Yozgi transferlar oynasi yaxshi o‘tdi, lekin ular hali jamoani kuchaytirgani yo‘q"
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk jamoaning yozgi transferlar oynasida jamoaga olib kelgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.
“Menimcha, klub yozda transferlar bo‘yicha juda yaxshi ish qildi, lekin ular hozircha jamoani kuchaytirish darajasiga etmadi. Oxirgi yillarda biz uchun juda muhim bo‘lgan sifati yuqori futbolchilarni yo‘qotdik. Biz Luis Dias, Darvin Nunes, Jarrel Kuansa va Xarvi Elliott kabi mahoratli o‘yinchilarni sotdik.
Endi ularning o‘rnini munosib futbolchilar bilan to‘ldirishimiz kerak. Hozirgi bozor sharoiti juda qiyin, ammo klub bu ishni yaxshi amalga oshirdi. Endi asosiy vazifa — kuchli jamoa tuzib, barcha musobaqalarda raqobatbardosh bo‘lish. Bu — bizning asosiy maqsadimiz", — dedi niderlandiyalik fulbek.
Ma’lumot o‘rnida, Angliya Premer-ligasining 7-turidan so‘ng mersisaydliklar ikkinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar