
Varan futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Real" va "Manchester Yunayted" klublarida to‘p tepgan frantsiyalik himoyachi Rafael Varan futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
U 2024 yil yozida Italiyaning "Komo" jamoasi bilan shartnoma imzolagandi. U A Seriyadan o‘rin olgan "Sampdoriya"ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.
Varan "Komo" bilan bitimni bekor qilib, futbolchilik faoliyatini yakulaydi.
Fikrlar