Vasiliy Lomachenko - Teofimo Lopes jangining sanasi yana o‘zgardi

  • 9 iyul, 2020, 15:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes  o‘rtasidagi uzoq  kutilgan engil vazndagi mutloq chempionlik jangi sanasi yana o‘zgarish arafasida.

Dastlab, ushbu jang  30 may kuni Nyu-Yorkdagi “Medison-Skver-Garden” arenasida bo‘lib o‘tishi reja qilingan, ammo  koronavirus pandemiyasi tufayli 19 sentyabrga ko‘chirilgandi. Jang, katta ehtimol bilan sentyabr oyida ham bo‘lmaydi. Chunki, “Top Rank” rahbari Bob Arum “Boxingscene” saytiga bergan intervyusida Lomachenko - Lopes qarama-qarshiligi 3 oktyabrda bo‘lib o‘tishi haqida aytib o‘tgan.

"Loma - Lopes to‘qnashuvini 19 sentyabrga  mo‘ljallagan edik. Ammo, ushbu jangni  PPV (pullik translyatsiya) sifatida 3 oktyabrga ko‘chirmoqchimiz. Nevadada  tezlik bilan tarqayotgan virus sabab, biz boks oqshomini bu muddatda cheklangan tomoshabinlar bilan ham o‘tkaza olmaymiz. Agar, ruxsat berilsa, ushbu to‘qnashuvni 2000 yoki 2,500 tomoshabin ko‘z o‘ngida o‘tkazmoqchimiz”, - dedi Arum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!