Vazir yana Ronalduni tanqid qildi

  • 20.10.2020 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Vinchentso Spadafora "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni yana tanqid qildi.

“Bu kabi buyuk chempionlar o‘zlarini boshqalardan ustun, deb hisoblaydi. Ronaldu tibbiy protokolni buzib, Portugaliyaga uchib ketdi. Chempionlar qolganlarga o‘rnak bo‘lishi lozim”, - dedi vazir.

35 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida koronavirusga chalindi va u Turinga qaytib keldi. Vazirning fikricha, u tibbiy protokolni buzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!