
Vaziyat yaxshilanmasa, MYu millionlarni boy beradi
"Manchester Yunayted" APLning boshqa grandlari kabi katta zarar ko‘rish arafasida. Agar bu mavsum ham stadionlarga muxlislar tashrif buyurmasa, MYu millionlarni boy beradi.
"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, bo‘m-bo‘sh tribunalar oqibatida mankuniyaliklar 150 mln evro atrofida mablag‘ yo‘qotadi. Bu Premer-liganing boshqa istalgan klubidan kattaroq yo‘qotish bo‘ladi. Ma’lumot uchun, "Arsenal"da bu zarar 133 mln evro bo‘lishi kutilmoqda.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning ma’lum qilishicha, oktyabr oyidan tomoshabinlar stadionlarga kiritilishi rejalashtirilgan edi. Biroq ikkinchi to‘lqin tufayli tribunalar hozircha bo‘sh qoldiriladi.
Fikrlar