Velosport bo‘yicha Jaxon chempionatida vakillarimiz ham ishtirok etadi

  • 11 sentabr, 2024, 19:00
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

22-29 sentyabr kunlari Shveytsariyaning Tsyurix shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va U 23 yosh toifasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi.

Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Dmitriy Bocharov hamda Yanina Kuskova yurtimiz sharafini himoya qilishsa, U 23 yosh toifasidagi poygalarda Nikita Svetkov medallar uchun kurash olib boradi. Hamyurtlarimiz hozirda mazkur muosbaqaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bo‘lajak bellashuvlarda barcha sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!