
Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi
16-20 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida velosiped turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari yurtimizga medallar bilan qaytib keladigan bo‘lishdi. Velotrek bahslarida Murod Xolmurodov bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan omnium yo‘nalishida ishtirok etgan boshqa bir yurtdoshimiz Danil Evdokimov esa ikkinchi natijani qayd etgan.
Fikrlar