
Velosportchilarimizning navbatdagi medali
Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun uchinchi kungi bahslariga start berildi.
Chempionatning 20 kilometr masofaga erkak faxriylar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda g‘olib nomi aniq bo‘ldi. Unda hamyurtimiz Nikolay Kovalenko bronza medali bilan taqdirlandi. Mazkur masofaga o‘tgan bahslarda qozog‘istonlik Rinat Axmetbekov va Sergey Gutsalyuk oltin hamda kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Ayni damda faxriy ayollar 20 kilometr masofada o‘zaro raqobatlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi sprint poygasida hamyurtimiz Yanina Kuskova ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ushbu yosh tomifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan bahslarda Behzodbek Rahimboev bronza medal bilan taqdirlangan edi.
Fikrlar