Verner "Bavariya"ni tanladimi yoki "Liverpul"ni?
"RB Leyptsig" klubi forvardi Timo Verner o‘zining kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchi Bundesligada qolmoqchi emas va shu sababli ham "Bavariya"dan bo‘lgan taklifni rad etgan.
Verner faoliyatini "Liverpul"da davom ettirmoqchi. U Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p surishni xohlamoqda.
Joriy mavsumda 36 ta o‘yinda 27 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan Vernerning transferi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar