Verner "Liverpul"ga bormasligi mumkin

"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner yozda Bundesliga klubi tarkibini tark etishga yaqin turibdi.

Italiyaning mashxur Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli forvardning "Liverpul"ga o‘tish ishlari to‘xtab qolganligi sabab, u boshqa klublar takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Ta’kidlanishicha, Vernerning mutasaddilari Antonio Konte boshqaruvidagi "Inter" klubi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, hujumchi xizmatlariga "Liverpul" va "Inter"dan tashqari "Yuventus", "Bavariya" va "Barselona ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!