
Verner uchun "Real" ham kurash boshladi
Madridning "Real" klubi "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, 23 yoshli germaniyalik futbolchi uchun shuningdek "Atletiko", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari ham kurash olib borishmoqda.
O‘z navbatida nemis klubi o‘z etakchisini 80 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum “RB Leyptsig” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar