"Verona" Simeonening gollari evaziga "Yuventus"dan ustun keldi

  • 30.10.2021 23:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 11-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari kuchli raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi. 

11 va 14-daqiqalarda Jovanni Simenone gol urdi. Bunga javoban "keksa sinora" futbolchisi Makkeni ikkinchi bo‘limda bir bor javob bera oldi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Verona" ochkolari sonini 15 taga etkazib olib, Italiya chempionati turnir jadvalida 7-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Allegri shogirdlarida hozirda ham shuncha ochko va ular 8-o‘rinda joylashgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!