"Vest Xem" "Arsenal"ning ikkinchi taklifini ham rad qildi

  • 20 iyun, 2023, 19:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Vet Xem" futbolchisi Deklan Raysni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. "Kanonirlar" yarim himoyachi borasida ikkinchi marta taklif bilan chiqdi. 

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Arsenal" 75+15 million funtlik taklifni yuborgan va rad javobini olgan. Ingliz futbolchisi uchun so‘ralayotgan summa 100 million funt bo‘lishi mumkin. 

"Vest Xem" "Manchester Siti"ning kurashga qo‘shilishi kutmoqda. Sababi, klub talab qilayotgan pulni "Manchester Siti" bera olishi mumkin. "Arsenal" esa hali ham Raysni sotib olishga umid qilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!