
"Vest Xem" "Atletiko" futbolchisini sotib olishga yana urunib ko‘rmoqchi
“Atletiko” Madrid klubi yarim himoyachisi Ektor Errera yangi mavsumni Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli meksikalik futbolchini “Vest Xem” o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. “Bolg‘achilar” dastlab uni o‘tgan qishki transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishgan edi, ammo o‘shanda Errera Madridda qolishga qaror qilgan.
Errera joriy mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar